Sheʼrlar

Qaniydi osmonga aylanib qolsam.
Har kuni jamolinga boqardim.
Bag'rimni bezatib yulduzlar bilan.
Qorong'u qalbinga chiroq yoqardim.
Oppoq atirgulga aylanib qolsam.
Turardim qarshingda ifor taratib.
Go'zal va samimiy nigohim bilan.

Olardim özimga seni qaratib.
Oddiy bir tuproqqa aylanib qolsam.
Jonimni poyinga to'shab solardim.
Mayin qadamlar bilan kelar chog'ingda.
Oyoqlaring mahkam quchib olardim.
Kipriklaringdan tomgan yoshga aylansam,

Yig'lasang oqardim yuzlaring silab.
Yuzlaringni asta yuvib yuborsang.
Ketardim men senga baxtlarni tilab.
O'rik guliga aylanib qolsam.
Ochilsam yonimga yetib kelarding.
Oyog'ing ostiga to'kilib yotsam.

Bir bora bo'lsa ham nazar solarding.
Qaniydi shamolga aylanib qolsam.
Mayin va yoqimli bo'lib esardim.
Qayga qadam bossang qayda bo'lsang ham.
Sen bilan dunyoni birga kezardim.
Sen sevgan yomg‘irga aylanib qolsam
Yog‘ishim kutarding Allohdan so'rab
So'ragan chog'ingda yetib kelardim

t.me/telbacha_statuslar

Sheʼrlar